9. TOVARLARNI QAYTARISH VA ALMASHTIRISH
9.1. Maqbul sifatdagi tovarlar:
9.1.1. Xaridor egaligiga topshirilgan tovar ushbu Shartnomaning 8.6 bandiga binoan qaytarib olinmaydi yoki almashtirib berilmaydi.
Sotuvchi tovar Xaridor egaligiga topshirilgandan keyin uch kun ichida mazkur Shartnomaning 8.6 bandiga binoan oziq-ovqatga aloqador bo‘lmagan maqbul sifatdagi tovarni agar shunday tovar sotuvda bo‘lmasa, u xarid qilingan yerda boshqa shunga o‘xshash tovarga almashtirib berishga haqlidir.
9.1.2. Xaridorning tovarni almashtirish yoki qaytarishga oid talabi quyidagi hollarda qanoatlantiriladi:
- tovar foydalanishda bo‘lmagan;
- uning tovarga xos ko‘rinishi, isteʼmol xususiyatlari, plomba va yorliqlari saqlangan;
- tovarning xaridini tasdiqlaydigan hujjat (tovar yoki kassa cheki) saqlangan;
9.1.3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi chakana savdo Qoidalariga oid 75-sonli qarorining 1-ilovasiga binoan maqbul sifatdagi tovarlar qaytarib olinmaydi.
9.1.4. Qaytarish arizasini qabul qilish va tovarni qaytarib olish amaliyotni Sotuvchining “Yetkazish xizmati” orqali amalga oshiriladi, buning uchun:
- “Kontaktlar” bo‘limida ko‘rsatilgan telefonlar orqali internet-do‘konga qo‘ng‘iroq qilish;
- «Qaytarish arizasi»ni chop etish va to‘ldirish;
- Qaytarish arizasiga tovar yoki kassa chekini ilova qilish.
9.2. Nomaqbul sifatdagi tovarlar:
9.2.1. Nuqsonli tovar sotilgan Isteʼmolchi agar kamchilikllar kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati davomida aniqlansa, u Tovarni ishlab chiqargan kompaniyaning servis markaziga murojaat qilish huquqiga egadir.
Mazkur Shartnoma bo‘yicha xarid qilingan Tovarning servis xizmati faqat Tovarni ishlab chiqargan kompaniyaning vakolatli shaxslari, servis markazi mutaxassislari tomonidan ushbu servis markazning ichki nizomiga muvofiq ko‘rsatiladi.
9.2.2. Nuqsonli tovar (kafolat muddati o‘rnatilmagan tovarlar) sotilgan Isteʼmolchi agar kamchilikllar bir oy davomida aniqlansa, Sotuvchi (Sotuvchi majbur emas)----- tekshiruv natijalari bo‘yicha servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli texnik xizmat tomonidan Tovar nuqsonlarining sabablari haqida dalolatnoma tuziladi:
- tovardagi kamchiliklarni bepul bartaraf etish yoki isteʼmolchi yoki uchinchi shaxs tomonidan tovarni tuzatishga sarflangan xarajatlarni qoplash;
- xarid narxining mutanosib tarzda tushirilishi;
9.2.3. Tovardagi kamchiliklarni bartaraf etish va nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibini Sotuvchi mustaqil tarzda belgilaydi.
9.2.4. Mahsulot nuqsonlarini bartaraf etish tartibi:
- 20 kun ichida (xizmat ko'rsatish uchun texnik xizmat tomonidan to'liq tekshirilgandan so'ng).
9.2.5. Kafolat muddati tugagach, Xaridor Sotuvchiga eʼtiroz bildirish huquqiga ega bo‘lmaydi.